Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun volontyorlarni izlayapti. Bu o‘z qobiliyatingizni yuzaga chiqarish va yangi marralarni egallash uchun ajoyib imkoniyatdir!
Bizga qanday mutaxassislar kerak?
➖ SMM mutaxassisi:
— postlar tayyorlash qobiliyati;
— dizayn yaratish qobiliyati;
— videomontaj va mobilografiya ko‘nikmalari.
➖ Loyiha menejerlari:
— loyiha va dasturlarni nazorat qilish va rivojlantirish qobiliyati;
— tadbirlarni tashkil qilish va koordinatsiya qilish qobiliyati.
➖ Ma’lumot tahlilchilari:
— Excel va Word dasturlari hamda turli hujjatlar bilan ishlash qobiliyati;
— ma’lumotlarni monitoring qilish va baholash qobiliyati.
✅ Bizning talablarimiz:
— Nomzodlarning Toshkent shahrida istiqomat qilishi;
— mazkur loyihaga haftasiga o‘rtacha 20 soat vaqt ajratish;
— mas’uliyat, intiluvchanlik, kreativlik, jamoada ishlash qobiliyati, bilim va tajriba.
Ishtirokchi volontyorlar ijtimoiy foydali va ilhomlantiruvchi loyihalarda qatnashish, yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga hamda loyihadagi ishtirok haqida sertifikatga ega bo‘lishadi.
📍Arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin: https://forms.gle/UzH7QUKEsrJKUJmr7
🗓 Muddat: 2025-yil 20-yanvar 23:59 ga qadar.
Agar siz qobiliyatingiz va tajribangizni ijtimoiy foydali ishlarga sarflashni istasangiz, bizga qo‘shiling va o‘zgarishlarning bir qismi bo‘ling!
