Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov boshchiligidagi vazirlik masʼullari va loyihani amalga oshirishdagi xalqaro hamkorlar, shu jumladan YUNISEF, YUNESKO hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Oʻzbekiston ISHONCH 2030” loyihasini amalga oshirishda bugungi kunga qadar erishilgan natijalar, tahlillar va kelgusidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi, taklif va fikr-mulohazalar tinglandi.
❗️ Xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari loyihani amalga oshirishning bugungi holati toʻgʻrisida va keyingi bosqichlarga moʻljallangan chora-tadbirlar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdilar.
Uchrashuvda jamgʻarmani boshqarishda birgalikdagi saʼy-harakatlarini samarali muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻmitaning hamkorlik shartlari kelishib olindi.





