Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish ta’lim tizimining barcha bosqichlarida muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida bu jarayon alohida e’tibor talab etadi. Chunki aynan shu yoshda bolalarda milliy ong shakllanib, Vatanga muhabbat va milliy madaniyatga hurmat tuyg‘usi rivojlanadi. Bugungi kunda Norin tumanidagi bog’chalarda milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. O‘g’il – qizlar milliy liboslarda turli bayram va tadbirlarda ishtirok etib, ertak, dostonlar hamda qo‘shiqlar asosida mashg’ulotlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, maskanlarda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostidagi tadbirlar doirasida “Oq terakmi, ko‘k terak?”, “Arqon tortish”, “Chillak” kabi harakatli o‘yinlar o‘tkazilmoqda.
Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish kelajak egalarining o‘z yurtiga sodiq, ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati