➖ Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Diyora Erkinboyeva bolaligidan otlarga bo‘lgan mehrini amaliyotga aylantirib, bugungi kunda yosh tadbirkor sifatida katta yutuqlarga erishmoqda.
◀️ Otasi band bo‘lgan yilqichilik sohasi unga ham ilhom bag‘ishladi. Diyora 10 yildan beri otlarning xarakteri, o‘ziga xosligi va ularni parvarishlash sir-asrorlarini o‘rganib kelmoqda. Darslardan bo‘sh vaqtida kuniga to‘rt soatini otlar parvarishiga bag‘ishlaydigan bu yosh qiz bugungi kunda o‘ziga tegishli fermaga ega.
✍️ Hozirgi vaqtda uning fermasida 20 dan ortiq otlar, jumladan, Axaltaka va Qorabayir kabi zotdorlari ham parvarishlanmoqda. Bu otlar nafaqat mamlakatimizda, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar bozorida ham xaridorgir bo‘lib, ayrimlari 15 ming AQSH dollarigacha baholangan.
♾ Yilqichilikni keng rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va yoshlar tadbirkorligini ommalashtirishni maqsad qilgan Diyora bugungi kunda oyiga 50 million so‘m miqdorida daromad topmoqda.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati