✅ Yo‘q, dastlab joriy yilning 31-iyuligacha faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustgacha esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.
❓ Men xorijiy davlat fuqarosiman. Farzandimni O‘zbekistondagi maktabga 1-sinfga qo‘ya olamanmi? Buning tartibi qanday?
✅ Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portali my.gov.uz platformasida “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.
