😵💫 Davlatimiz rahbari belgilab bergan “Dolzarb 90 kun” loyihasi kelajagimiz egalarining yoz oylarida vaqtini mazmunli tashkil etish, qo‘shimcha to‘garaklarda salohiyatini oshirish, mavjud bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash uchungina xizmat qilibgina qolmay, ularning fan, sport, san’at, kitobxonlikda yangi marralarni zabt etishi uchun zamin yaratmoqda.
✔️ Xususan, tumandagi 7-, 9-umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan 27 turdagi qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘g‘il-qizlarning g‘oya va tashabbuslari, intilish va katta maqsadlari pazandachilik, duradgorlik, tikuvchilik, zardo‘zlik, axborot texnologiyalari hamda sportning yakka kurash, shaxmat-shashka, basketbol kabi yo‘nalishlarida o‘ziga xos tarzda bo‘y cho‘zmoqda.
💬 Bugun tumandagi jami 66 ta umumta’lim maskanlarining barchasida dastur doirasida ishlar munosib yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 22520 nafar bolalarning vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. 5 ta umumta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlar 750 nafar o‘quvchilarga xizmat qilmoqda. Shahar tashqarisidagi yozgi sog’lomlashtirish bolalar oromgohlarida esa bu ko‘rsatgich 1320 nafarni tashkil etadi.
🔗 Umuman olganda tumanda amalga oshirilayotgan barcha ishlar uchinchi renessans davomchilarining o‘sishi, rivojlanishi va yuksalishi uchun xizmat qilayotganini alohida ta’kidlash joiz.



















Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati