Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Namangan tumanida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, 3-, 8-sonli maktablarda tashkil etilgan toʻgaraklar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar oʻrganilib, bu kabi loyihalar orqali yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Viloyat rahbari oʻrganishlar jarayonida soha xodimlari, mahalla faollari va oqsoqollar bilan suhbatlashdi, ularning muammolari, fikr-mulohazalarini tingladi. Mas’ullarga har bir yoshning qobiliyati va qiziqishiga mos muhit yaratish zarurligini qayd etdi.






Namangan tuman hokimligi axborot xizmati.