➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toʻraqoʻrgon tumanidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 2-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
✔️ Mazkur bosqichdagi ijodiy suhbat (xorijiy tilda) boʻyicha sinovda ishtirokchilardan bilimni baholash uchun 3 ta savolga 8 daqiqa ichida javob berish talab etiladi.
🔗 Ta’kidlash joizki, ushbu ta’lim muassasasiga kirish uchun 438 ta ariza kelib tushgan va 7 –sinf uchun 40 ta kvota ajratilgan.









Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati