“Dolzarb 90 kun” – oʻquvchilarning ta’tili mazmunli oʻtishi uchun eng samarali tadbirlar majmuasi sanalmoqda. Shu bois viloyat hokimi tumandagi 9-umumta’lim maktabida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tumanda 5 ta umumta’lim maktablaridagi kunduzgi oromgohlarda 750 nafar oʻquvchi qamrab olingan. Boshqa muassasalarda esa turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Mazkur maktabda shaxmat-shashka, futbol, basketbol, tennis, raqs, hunarmandchilik, kompyuter savodxonligi boʻyicha mashgʻulotlar olib borilmoqda. Oʻquvchilar oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib, yoʻnalish tanlashgan. Bu bilan ular fanlarni yanayam yaxshiroq oʻzlashtirishadi.
Viloyat rahbari bu jarayonlarni davom ettirish, oʻquvchilar oʻrtasida turli musobaqalar salmogʻini yanada kengaytirib, sogʻlom raqobat muhitini yaratish lozimligini ta’kidladi.
Shundan soʻng, viloyat hokimi Toʻraqoʻrgʻon tibbiyot birlashmasining 30 oʻrinli yuqumli kasalliklar boʻlimida davolash ishlari, bemorlarga xizmat koʻrsatish koʻlamini koʻzdan kechirdi.
Hozir ayni yoz chillasida boʻlimga murojaat etuvchilar koʻpayadi. Shuning uchun tezkor davolash ishlari nazoratda boʻlishi, dori-darmonlar masalasida muammolar yuzaga kelmasligi boʻyicha tavsiyalar berildi.







Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi Axborot xizmati.