🚀Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan BOLALAR tomonidan yaratilgan.
🚀Yurtimizda ham ixtirochi yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali o‘sha iqtidor egalarini KASHF QILMOQCHIMIZ!
❗️Tanlov shartlari juda oddiy:
✔️7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
✔️ O‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim.
✔️ O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.
☄️Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
📩 Ishlarni yuborish:
📆Videorolik (surat)larni 2025-yil 1-iyundan 15-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz mumkin.
🏆 G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida “INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
🥇🥈🥉-o‘rin sohibi va sohibalari qimmatbaho sovg‘alar va sertifikat bilan taqdirlanadi.
