Uychi tumanining Gulbogʻ MFY hududida joylashgan 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 3 mlrd. 600 mln. soʻm mablagʻ evaziga 120 oʻrinli yangi bino qurilmoqda.
Mazkur muassasa mamlakatimiz rahbarining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025-2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-454-sonli qaroriga asosan investisiya dasturiga kiritilgan.
Ayni vaqtda bu erda “Namangan maxsus inshoat qurilish” MChJ tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur ob’ektda boʻlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va qurilish sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.




Uychi tumani hokimligi Axborot xizmati.