➖ Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi doirasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Chust tumanidagi “Mehrjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida kitobxonlikka bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
◀️ Jarayonda bolalarga turli mavzularda badiiy kitoblar tavsiya etilib, kitobxonlik bellashuvlari, savol-javoblar, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorinalar o‘tkazildi.
✔️ Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga yo‘naltirish hamda yozgi ta’til davrini intellektual jihatdan samarali o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.









Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati