📊 Namangan viloyatida yangi o‘quv yili arafasida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining umumiy holatini o‘rganish, mavjud shart-sharoitlar va ta’limiy-tarbiyaviy jarayonlar bilan tanishish ishlari davom etmoqda.
🔼Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov shu maqsadda Namangan tumanida bo‘lib, 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🔴 “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat, yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi doirasida bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
✔️Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport va musiqa xonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi. Kichkintoylarning mashg‘ulotlardagi faolligi va ishtiroki kuzatildi.
➡️Tashrif yakunida muassasada aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati