Uchqoʻrgʻon tumanidagi chekka hududlar, xususan, ogʻir toifadagi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmasini yaxshilash va aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, chegara hududida joylashgan “Ozod” mahallasida aholi farovonligini oshirish maqsadida bir qator muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan yoshlar bandligini ta’minlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida “Tashabbusli byujet” doirasida minifutbol stadioni qurildi;
1960 yilda qurilgan va uzoq yillar davomida ta’mirtalab holga kelgan 22-sonli umumta’lim maktabida hozirgi kunda mukammal qayta ta’mirlash, 150 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda;
Mahalla ichki yoʻllari “Tashabbusli byujet” asosida asfaltlanmoqda;
Shuningdek, 34-sonli bolalar bogʻchasi kelgusi investisiya dasturi doirasida mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uchqoʻrgʻondagi oʻrganishlari davomida mazkur mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Obodonlashtirish ishlarini tezlatish, bunda aholi tashabbuslari va “mahalla ettiligi” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash lozimligi ta’kidlandi.









