✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar uchun navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. (https://t.me/uzedu/35592)
➖ Mazkur sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida (https://uzedu.uz/uz/news/2007) tanishishingiz mumkin.
✔️ Eslatib oʻtamiz: navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida:
➖ joriy yilning may oyida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-oʻqituvchilar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ham hujjat topshirishlari mumkin.
👉 Murojaatlarni yuborish 2025-yil 7-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
