➖ Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, maktabgacha va maktab ta’limi, ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmalari, ota – onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
◀️ 200 o‘ringa mo’ljallangan mazkur markaz 240 nafar ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar farzandlari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalar, alohida ehtiyojga ega tarbiyalanuvchilarni o‘z ichiga oladi.
✔️ Mehmonlarga uyga tashrif hamda o‘yin guruhlari kabi modellar amaliy jarayonlarda tushuntirildi. Taqdimotlar tinglanib, rivojlantirishga oid takliflar bildirildi.
✍️ Ta’kidlash joizki, joriy yilning sentyabr oyiga qadar Chust, Norin va Uychi tumanlarida ham shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati