Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, mas’ullar, tuman hokimlari ishtirok etdi.
➖ Yig‘ilish davomida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilish, ta‘lim tashkilotlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari haqida so‘z bordi.
🔰 Shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, “Ilk rivojlanish markazlari” ning jihozlash jarayonlarini to‘liq yakunlash, maktablarda xorijiy til mutaxassislarini jalb etish bo‘yicha mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.






