➖ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimizning barcha hududlarida katta madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
◀️ Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog’da “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalarining badiiy chiqishlari tashkil etildi.
✔️ Yoshlar tomonidan yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
✍️ Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
💬 Ta’kidlash joiz, ushbu konsert tadbirlari 27-28 – avgust kunlarigacha davom etadi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati