USTOZ VA MURABBIYLAR SHARFLANDI
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Pop tumanidagi “Oq saroy” tantanalar majmuasida ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, izlanuvchan va tashabbuskor pedagoglar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
◀️ Mazkur kechada tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli muassasalarda faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ustozlik kasbining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, barcha fidoyi pedagoglarni samimiy muborakbod etdilar.
✔️ Shu kuni o‘quvchi va jamiyat tarbiyasida alohida ibrat bo‘layotgan bir guruh ilg‘or pedagoglar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✍️ Bayram dasturida kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar va samimiy suhbatlar ustozlarning kayfiyatini yanada ko‘tarinki qildi. Marosim haqiqiy ehtirom, mehr va minnatdorlik ruhi bilan o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Namangan shahrida “Ilk rivojlanish markazi” o’z faoliyatini boshladi
✅Ochilish marosimida Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, (https://t.me/namanganv_xtb) viloyat hokimi o‘rinbosari, ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmalari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🗣Мarkazda 240 nafar bola, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, maktabgacha ta’limga jalb qilinmaganlar va alohida ehtiyojli tarbiyalanuvchilar ta’lim oladi.
➡️Shuningdek, joriy yilning sentаbr oyiga qadar Chust, Norin va Uychi tumanlarida ham shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan.







“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Namangan yoshlari ijodiy mahoratini namoyish etdi
➖ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimizning barcha hududlarida katta madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
◀️ Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog’da “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalarining badiiy chiqishlari tashkil etildi.
✔️ Yoshlar tomonidan yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
✍️ Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
💬 Ta’kidlash joiz, ushbu konsert tadbirlari 27-28 – avgust kunlarigacha davom etadi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, mas’ullar, tuman hokimlari ishtirok etdi.
➖ Yig‘ilish davomida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilish, ta‘lim tashkilotlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari haqida so‘z bordi.
🔰 Shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, “Ilk rivojlanish markazlari” ning jihozlash jarayonlarini to‘liq yakunlash, maktablarda xorijiy til mutaxassislarini jalb etish bo‘yicha mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.







Namangan shahridagi “Ilk rivojlanish markazi” ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o’tdi
➖ Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, maktabgacha va maktab ta’limi, ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmalari, ota – onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
◀️ 200 o‘ringa mo’ljallangan mazkur markaz 240 nafar ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar farzandlari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalar, alohida ehtiyojga ega tarbiyalanuvchilarni o‘z ichiga oladi.
✔️ Mehmonlarga uyga tashrif hamda o‘yin guruhlari kabi modellar amaliy jarayonlarda tushuntirildi. Taqdimotlar tinglanib, rivojlantirishga oid takliflar bildirildi.
✍️ Ta’kidlash joizki, joriy yilning sentyabr oyiga qadar Chust, Norin va Uychi tumanlarida ham shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
“Yashil chiroq-2025” musobaqasining Respublika bosqichi g’oliblari taqdirlandi
🟢 Kuni kecha Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 14 ta jamoa mazkur musobaqa doirasida o‘zaro bellashishdi.
📍Musobaqa hamda taqdirlash jarayonlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Semurg‘” bolalar oromgohida bo’lib o’tdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇1-o’rin – Buxoro viloyati jamoasi;
🥈2-o’rin – Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari;
🥉3-o’rin – Andijon, Surxondaryo va Namangan viloyati jamoalari qo’lga kiritishdi.
❗️Barcha g’olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz!







Yangi o‘quv yili oldidan Kosonsoy tumanida 330 o‘rinli maktab qurilib, foydalanishga topshirildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
BOLAJONLARGA G’AMXO‘RLIK ULASHILDI
➖ Xalqimizning insonparvarligi, bolajonligi kelajak avlod kamoliga qaratilayotgan e’tibor, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarda yaqqol namoyon. Buning ifodasi sifatida mustaqilligimizning 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili arafasida mehr va e’tiborga uyg‘un yo‘qlovlar, tadbirlar keng quloch yozmoqda.
◀️ Bugun Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida ana shunday tantana bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimligi itashabbusi bilan ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan 250 nafar oila farzandlariga maktab formalari hamda sovg‘alar ulashildi.
✍️ Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev ertamiz egalari hamisha davlatimiz e’tiborida ekanligini ta’kidlab, imkoniyatlarga munosib bolajonlarni a’lo baholarga o‘qishga, kitobga oshno bo‘lishga chorladi.
✔️ Bayram tadbiri “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a’zolari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ajoyib taronalar bilan yanada ko‘tarinkilik va mazmun kasb etdi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Iste’dodli o’quvchilarning bayram tuhfasi katta sahnalarda!
✅ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tuman (shahar) markazlaridagi xiyobon va istirohat bog‘larida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalarining badiiy chiqishlari namoyishlarida bo’lib o’tadi.
➖ Tadbirlar joriy yilning 26-27-28-avgust kunlari xaritada ko’rsatilgan manzillarda o’tkazilmoqda.
❗️Eslatma: Tadbir manzillariga xaritada ko’rsatilgan o’zingiz istiqomat qilayotgan hududingizdagi QR-code orqali skayner qiling va yetib oling.
♾Tadbir yangiliklarini
➖ vazirlik kanali, (https://t.me/uzedu)
➖ (https://t.me/maktabtanlovlari)”Turon” maktab teatri (https://t.me/maktabtanlovlari) kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

