Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi
✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
➖ Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o’tkaziladi.
📊 Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.

Namangan shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilarini sifatli va sog‘lom ovqat bilan ta’minlash maqsadida “keytring” usulini joriy etish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi
➖ Tadbirda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, shahar bo‘limi vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari, tadbirkorlar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
◀️ Seminarda shahardagi 53 ta umumta’lim maktabining 1–4 hamda 5–7-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlanishi qulay va uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini “keytring” usulida tashkil etish taklifi ilgari surildi.
✔️ Mutaxassislar tomonidan ratsion tarkibi bulochka, tabiiy sharbat, pishloq, meva, suv va shirinliklardan iborat bo‘lishi, to‘plamning o‘rtacha 322–522 kilokaloriyagacha energiya qiymatiga egaligi amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.
🔗 Tadbir doirasida tashkil etilgan yarmarkada ota-onalar va jamoatchilik vakillari tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sinab ko‘rish va baholash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✍️ Shuningdek, yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan maktab formalarining keng tanlovdagi yarmarkasi ham tashkil etildi. Seminarda bilim maskanlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlari, xo‘jalik infratuzilmalari va xavfsizlik choralarining holati ham o‘rganildi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Raqamli Avlod” inklyuziv AT Oromgohi – 2025 yozgi mavsumi boshlandi.
✅ Darslar onlayn va offlayn shaklda quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda:
➖ Devops;
➖ Sun’iy intellekt;
➖ Web design;
➖ Dot net;
➖ Flutter;
➖ Vue js;
➖ Python;
➖ Digital art (komikslar va milliy kontent);
➖ Robototexnika (dron simulatori, smart car).
🔰Jarayonlar 29-avgustga qadar davom etadi.
Digital Generation Uzbekistan







Namanganlik tadbirkor 500 nafar oʻquvchiga yangi oʻquv yili arafasida quvonch ulashdi
Namangan viloyatida tadbirkorlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli tashabbuslar nafaqat hududimiz taraqqiyoti, balki yosh avlodning kelajagiga ham xizmat qilmoqda.
Shular jumlasidan, tadbirkor Qudrat Abdullaev yangi oʻquv yili arafasida 500 nafar oʻquvchiga maktab formalari va turli oʻquv qurollarini hadya qildi. 🎒📚
Bu xayrli ish bolajonlarimizning yuziga quvonch, koʻngliga shodlik ulashdi. Shu bilan birga, ularning ilm olish yoʻlida yangi kuch va ishonch bagʻishladi.
🔹 Tashabbus “Dolzarb 90 kunlik tadbirlar” doirasida amalga oshirildi. Ushbu yoʻnalishda Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
❝ Xalqimizning hayot darajasi va yoshlarimizning kelajagi har bir tadbirkorimizning fidoiy mehnati bilan chambarchas bogʻliq. ❞
Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi
BUGUN “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinadi!
👉 Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy telegram kanali (https://t.me/piimauz) orqali bilib olishingiz mumkin.
📊 Eslatib o‘tamiz, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 1500 nafar o‘quvchi Milliy dasturga qabul qilinadi.
Ushbu o‘quvchilarga maktab maslahatchilari biriktirilib, dunyoning top-100 oliygohlariga kirishga tayyorlanadi.
🔴 Kuzatishda davom eting! (https://t.me/piftuz)

Bugunning dolzarb vazifalari ijrosi muhokama qilindi
Viloyat hokimligida selektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda buguning eng dolzarb masalalari boʻlgan:
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ijtimoiy soha ob’ektlari, koʻp qavatli xonadonlar, kommunal soha tizimlarini mavsumga tayyorgarlik holati;
2025-2026 oʻquv yili boshlanishiga tayyorgargik, viloyatdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar;
Namangan viloyatida jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida joriy yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov har bir yoʻnalishdagi ishlar va kamchiliklarni birma-bir tahlil qilib, mutasaddilardan mas’uliyat soʻradi.
Koʻrilgan masalalar boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari hamda Namangan viloyati IIB boshligʻining axborotlari tinglandi.
Tanqidiy-tahliliy ruxdagi videoselektorda joylarda amalga oshirilayotgan ishlar etarli darajada emasligi ta’kidlanib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar va tumanlar hokimlari, dahldor tashkilotlar rahbarlaridan soʻrov oʻtkazildi.
Viloyat rahbari bugungi kunning dolzarb vazifalari ijrosi kunlik nazorat qilinishi, ayniqsa, kuz-qish mavsumi, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda aholi va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq hamda koʻrsatmalar berdi.








Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
“Guliston”da ijobiy oʻzgarishlar bisyor
Yangiqoʻrgʻon tumanining “Guliston” mahallasida ham mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, uzoq yillar davomida aholi ma’nan eskirgan, moslashtirilgan bogʻcha binosidan foydalanib kelardi. Bugun eski bino oʻrnida barcha qulayliklarga ega yangi binosi qad rostladi. Yana sanoqli kunlardan soʻng mahalla kichkintoylari zamonaviy, yorugʻ va shinam bogʻchada ta’lim-tarbiya olishadi.
Jahon taraqqiyot bankining 3,5 mlrd.soʻm mablagʻi evaziga butkul oʻzgacha koʻrinish kasb etgan, ayni kunlarda xonalari turli koʻrgazma, oʻquv qoʻllanmalari va bezaklar bilan bezatilayotgan 44-DMTT gulistonliklar uchun Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida chinakam tuhfa boʻldi.
Bundan tashqari, Jahon Taraqqiyot bankining 2 mlrd. 200 mln.soʻm mablagʻi hisobidan “Ilgʻor”, “Guliston”, “Ulugʻchinor” va “Toshloq” koʻchalarining 4 km.dan ortiq ichki yoʻllari asfaltlandi.
Tashabbusli byudjet loyihada gʻolib boʻlgan “Guliston”, “Istiqlol” koʻchalarining 3 km. uzunlikdagi yoʻllari ham 1,4 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga ravonlashdi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mahalladagi oʻzgarishlarni koʻzdan kechirdi. Mahalla ettiligi, oqsoqollari, faollari bilan suhbatlashdi.
- Mahallaning egasi boʻlishi kerak. Hamjixatlik boʻlsa, dahldorlik hissi bilan yashalsa rivojlanish boʻladi, mahallada jinoyatchilik kamayadi,- dedi Sh.Abdurazzoqov.





Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi Axborot xizmati
Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Namangan shahridagi 24 – umumta’lim maktabida mini futbol va street worout maydonchalari foydalanishga topshirildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Pop tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimi muhokama qilindi
➖ Pop tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, hamshiralar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
◀️ Tadbir davomida autsorsing usulida ovqatlantirishning mexanizmlari, uning afzalliklari, shuningdek, amaliyotda duch kelinayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Tuman bog‘chalarida amalga oshirilayotgan ishlar sifati birma-bir ko‘rib chiqildi, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, amaliy javoblar berildi.
✉️ Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
📎 Ushbu qarorga muvofiq, tarbiyalanuvchilarning ratsional ovqatlanishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligini kafolatlash, taomlarni tayyorlash, saqlash va tashishda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish ko‘zda tutilgan. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usuliga o‘tkazish rejalashtirilgan.
✔️ Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyat bo‘yicha 607 ta, Pop tumanida esa 57 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimiga o‘tgan.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati