Namanganlik yoshlar “RENESSANS” yozgi ta’lim oromgohida bo‘lib qaytishdi
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi “Young Climate Champions” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatidan bir guruh yoshlar Toshkent viloyatidagi “RENESSANS” yozgi ta’lim oromgohida bo‘lishdi.
◀️ Ta’lim oromgohida Namangan viloyati koordinatori, mentor-o‘quvchi hamda Davlatobod tumanidagi 52-maktab o‘quvchilari “Young Climate Champions” (Yosh iqlim chempionlari) loyihasi doirasida iqlim himoyasiga oid chuqurlashtirilgan bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular uchun turli o‘quv-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
✔️ Mazkur oromgohni tashkil etishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF xalqaro tashkilotining yoshlar va o‘smirlarni rivojlantirish dasturi mutaxassislari, Young Climate Champions loyihasi koordinatori va iqlim moduli bo‘yicha ekspertlar, shuningdek, yosh iqlim faollari hamkorlik qildilar.
🔗 Endilikda Namanganlik yoshlar yangi 2025–2026 o‘quv yilida loyiha maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish, ekologik bilimlarni keng yoyish hamda iqlim chempionlari safini ko‘paytirishga faol hissa qo‘shadilar.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Yangi o‘quv yilining boshlanishi arafasida Namangan viloyatida ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun maktab formalari topshirildi.
Jumladan, Namangan viloyati, Norin tumanidagi 41-maktabda 77 nafar o‘quvchiga maktab formasi taqdim etildi.
➖ Mazkur tashabbus hokimlik va homiylar ko‘magida maktab mavsumi boshlanguniga qadar davom ettirilib, 400 nafardan ortiq bolajonlar zarur kiyim-boshlar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.
🔰 Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumanida 150 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab uchun kerakli kiyim-bosh va 120 nafar bolalarga o‘quv qurollari topshirildi.






O’zbekistonlik fransuz tili o’qituvchilari ishtirokida Fransiyaning Frankafoniya yozgi universitetida tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treninglari o‘z yakuniga yetdi.
➖ Ikki hafta davom etgan intensiv dars jarayonlari davomida ustozlar xalqaro DELF imtihonlariga tayyorlanib, yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari yakunida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan madaniy kecha ham tashkil etildi.
🔰 Unda yurtimizning o‘ziga xos an’analari va bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ustozlar fransuz tilida taqdimot qilishdi.

Kosonsoy tumanida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” ko‘tarinki ruhda tashkil etildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab kiyimlari va oʻquv qurollari topshirildi
Yana sanoqli kunlardan soʻng yangi oʻquv yili boshlanadi. Ota-onalar farzandlarini maktabga tayyorlash bilan band. Shunday kezda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga muruvvat koʻrsatish davlatimizda ustuvor vazifaga aylangan.
Tuman madaniyat markazida hokimlik hamda homiylar, ishlab chiqarish korxonalari koʻmagida hozirlangan sovgʻalar 150 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlariga topshirildi. Shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari tomonidan 120 nafar bolalarga ham oʻquv qurollari taqdim etildi.
Tadbirda tuman hokimi Sherali Qosimov, IIB boshligʻi Jahongir Xusaynov qatnashib, barcha homiylarga minnatdorchilik bildirdi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi masalasi hamisha kun tartibida boʻlishi e’tirof etildi.









“Yangi Oʻzbekistonning baxtli bolalari”
▫️Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kosonsoy tuman boʻlinmasi kengashi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbir “Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi”ga bagʻishlanib, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” gʻoyasi asosida tashkil etildi. Maqsad – ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga bayram shukuhini ulashish va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Dilmurod Qodirov mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlab, bolajonlarga ta’lim va tarbiyada faol boʻlib, kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishlariga ishonch bildirdi.
Tadbir yakunida koʻp bolali, kam ta’minlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalarning 175 nafar farzandiga maktab sumkalari hamda 13 turdagi oʻquv jihozlari tantanali ravishda topshirildi.








Yangiqo‘rg‘on tumanida “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida tashkil etilagan to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Chust tumanida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
To‘raqo‘rg‘on tumanida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” yuqori saviyada tashkil etildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
To‘raqo‘rg‘onda tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
✔️ Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Mo‘minov To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📊Sayyor qabul davomida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishini yanada rivojlantirish, samaradorlikni oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
🔗Jarayonda tadbirkorlar tomonidan bildirgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglanib, ularni ko‘rib chiqish uchun masʼullarga topshiriqlar berildi.










Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati