To‘raqo‘rg‘onda tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
✔️ Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Mo‘minov To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📊Sayyor qabul davomida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishini yanada rivojlantirish, samaradorlikni oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
🔗Jarayonda tadbirkorlar tomonidan bildirgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglanib, ularni ko‘rib chiqish uchun masʼullarga topshiriqlar berildi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida namunaviy etika qoidalari targ‘ib qilindi
➖ Chortoq tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi 39 ta maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari hamda tarbiyachilar ishtirok etdi.
◀️ Seminar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 5-iyuldagi 187-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilinib, unda pedagog-xodimlar uchun mo‘ljallangan namunaviy etika qoidalari muhokama qilindi.
✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Mo‘minov buyruqning mazmun-mohiyatini tushuntirib, pedagoglarning mavqeini himoya qilish, inson qadr-qimmati va huquqlariga hurmatni oshirish, kasbiy madaniyatni shakllantirish, odob-axloqqa zid xatti-harakatlarning oldini olish hamda muloqot madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🔗 Tadbir davomida ta’lim tashkilotida bolajonlar bilan olib borilayotgan mashg‘ulot jarayonlari ishtirokchilarga amaliy tarzda namoyish etildi. Yakunda esa galdagi vazifalar belgilab olindi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Mahoratli oʻqituvchi – Millat tayanchi
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida yangi oʻquv yili oldidan “Mahoratli oʻqituvchi – Millat tayanchi” shiori ostida “IV-Ustozlarning milliy FORUMI” boʻlib oʻtdi. Unda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjaev ishtirok etib.
Soʻnggi 8 yil ichida oʻqituvchi kasbiga boʻlgan nufuz va e’tibor juda yuksaldi. Maktablarda zamonaviy oʻqitish sharoitlari yaratildi, ta’lim sifatini oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Davlatimiz tomonidan umummilliy ta’lim dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi, bu esa maktablarda ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.
Namangan shahrida 2017-2023 yillarda Investisiya dasturi doirasida jami 19 ta umumta’lim muassasalarida 2 ta yangi maktab qurildi, 13 tasi rekonstruksiya qilindi va 4 tasi mukammal ta’mirlandi. Bu ishlarga byudjetdan 480 milliard 341 million soʻm sarflandi va natijada qoʻshimcha 3240 oʻquvchi oʻrni yaratildi.
Joriy yilda ham Namangan shaxridagi 3 ta ta’lim muassasasi investisiya dasturiga kiritildi 2 ta maktab va 1 ta bogʻcha rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, Tashabbusli byudjet loyihasi asosida 5 ta maktabni ta’mirlash uchun 5,5 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Berilayotgan e’tiborlar tufayli ruhlangan oʻqituvchi va oʻquvchilarimiz oʻz bilim va koʻnikmalarini muntazam oshirmoqda.
Maktab bitiruvchilari oliy ta’limga kirish boʻyicha ham jadal oʻsishga erishmoqda. Masalan, 2018-2019 oʻquv yilida maktabni tamomlagan oʻquvchilarning atiga 9,2 foizi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan boʻlsa, 2024-2025 oʻquv yilida bu koʻrsatkich 30,1 foizga etdi. Shuningdek, joriy yilda maktabni tamomlagan bitiruvchilarning 7 foizi muddatidan avval xorijiy va yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniga ega boʻldilar.
Boʻlib oʻtgan milliy forumda shu kabi yuksak natijalar e’tirof etilib, kelgusidagi yangi rejalar ham belgilab olindi.

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab kiyimlari va oʻquv qurollari topshirildi
Yana sanoqli kunlardan soʻng yangi oʻquv yili boshlanadi. Ota-onalar farzandlarini maktabga tayyorlash bilan band. Shunday kezda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga muruvvat koʻrsatish davlatimizda ustuvor vazifaga aylangan.
Tuman madaniyat markazida hokimlik hamda homiylar, ishlab chiqarish korxonalari koʻmagida hozirlangan sovgʻalar 150 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlariga topshirildi. Shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari tomonidan 120 nafar bolalarga ham oʻquv qurollari taqdim etildi.

Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi Axborot xizmati
Namangan tumanida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
➖ Unda tumandagi maktab direktorlari, ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlaridan iborat jami 400 nafar prdagog ishtirok etdi.
◀️ Tadbirda so‘z olgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov hamda tuman hokimi o’rinbosari Omonjon Saidazimovlar barchani yaqinlashib kelayotgan mustaqillikning 34 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etib, 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” umumta’lim maktablariga to’liq yetkazib berilgani, bitiruvchilarning qariyb 50 foizi talabalikka qabul qilingani, joriy yilda ta’lim maskanlaridagi investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya ishlari olib borilganini mamnuniyat bilan e’tirof etishdi.
✔️ Forum davomida 26 nafar fidoyi ustozlar va soha xodimlarining bir guruhi tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, yangi o’quv yili uchun muhim vazifalarni belgilab oldilar.

“Quvnoq startlar” musobaqasining g‘oliblari aniqlandi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Namanganda bo‘ldi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Yangiqo‘rg’onda to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi
➖ “Mahoratli o‘qituvchi-millat tayanchi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ilm maskanlarining 500 nafar tashabbuskor, ilg‘or pedagoglari ishtirok etdi.
◀️ Marosimni ochib bergan tuman hokimi Asadilla Najmiddinov barchani mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan qutlab, o‘tgan o‘quv yilida ta’lim sohasida erishilgan natijalar hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yangi o‘quv yili oldidan rejalar, maqsadlar, vazifalar haqida to‘xtaldi.
✔️ 50 nafar bilim dargohlarining o‘qituvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari shuningdek, 10 nafar davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan 10 nafar o‘quvchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yoshlarning badiiy chiqishlari tantanaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati