RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHIGA START BERILMOQDA
⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
➖Matematika – 22-avgust kuni
➖Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari – 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
💠Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishing:
✅ Qoraqalpogʻiston Respublikasi (https://t.me/kkeduuz/37518)
✅ Andijon viloyati (https://t.me/and_mmtb/40071)
✅ Buxoro viloyati (https://t.me/bvmmtb/45652)
✅ Jizzax viloyati (https://t.me/Jizzakhedu/27263)
✅ Qashqadaryo viloyati (https://t.me/qashqadaryo_MMTB/79174)
✅ Navoiy viloyati (https://t.me/navoiy_viloyat_mmtb/64723)
✅ Namangan viloyati (https://t.me/namanganv_xtb/28277)
✅ Samarqand viloyati (https://t.me/samarqandvxtb/50826)
✅ Surxondaryo viloyati (https://t.me/surxonvmmtb/39221)
✅ Sirdaryo viloyati (https://t.me/sirdaryommtb/25674)
✅ Toshkent viloyati (https://t.me/toshkentvxtb/72904)
✅ Fargʻona viloyati (https://t.me/FarVMMTB/25045)
✅ Xorazm viloyati (https://t.me/Xorazm_MMTB/36299)
✅ Toshkent shahri (https://t.me/ToshkentshaharMMTB/48236)
📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.
❗️Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.
✅Olimpiada jarayonlarini Fan olimpiadalari markazi (https://t.me/Fan_olimpiadalari_M)ning rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Norin tumanida oʻquvchilarga maktab formalari topshirildi
Tumandagi mavjud 44 ta umumta’lim maktabida 30 mingdan ortiq oʻquvchi ta’lim olmoqda. Ularning bilimga intilishini qoʻllab-quvvatlash, yangi oʻquv yilini bayramona boshlashini ta’minlash maqsadida tumanda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 41-maktabda 77 nafar oʻquvchiga yangi oʻquv yili oldidan maktab formasi topshirildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov oʻquvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularga yangi oʻquv yilida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur tashabbus maktab mavsumi boshlanguniga qadar davom ettirilib, jami 400 nafardan ortiq bolajon yangi oʻquv yilini quvonch va shodlik bilan kutib olishi uchun zarur kiyim-boshlar bilan ta’minlanadi.






Norin tumani hokimligi Axborot xizmati.
Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi!
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.
Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi.
@hilola_umarova
“Quvnoq startlar” musobaqasining g‘oliblari aniqlandi
🇺🇿 Namangan davlat texnika universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasining Respublika bosqichi yakuniga yetdi.
◀️ Olti kun davomida sportsevar yoshlar o‘z mahoratini namoyish etib, turli sport yo‘nalishlarida bellashishdi.
Musobaqa doirasida jamoaviy ruh, chaqqonlik, jismoniy tayyorgarlik va eng muhimi, do‘stona muhit alohida namoyon bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇Namangan viloyati jamoasi – 1-o‘rin,
🥈Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2-o‘rin,
🥉Andijon va Farg‘ona viloyatlari – 3-o‘rinni egallashdi.
✔️ Tantanali taqdirlash marosimida “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi vakillari g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
➖ Ushbu musobaqa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirishda muham ahamiyat kasb etdi.





Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Vazir Namanganda — hududlardagi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namanganda bo‘lib, bir qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.
✔️ Vazir dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
✍️ Shuningdek, tumanidagi 84-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi masalasi ko‘rib chiqildi.
Namangan tumanida 1975-yilda tashkil etilgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rnida esa 320 o‘rinli yangi bino barpo etish taklifi bildirilgani va uni 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🤔 Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabi ham vazir e’tiborida bo‘ldi. 2135 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ushbu muassasa sobiq bitiruvchisi homiyligida kapital ta’mirdan chiqarilmoqda.
Qisqa muddat ichida zamonaviy qiyofa kasb etgan maskanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuqori baholandi.
🌐 O‘rganish davomida vazir Uychi tumanidagi 17- hamda Kosonsoy tumanidagi 3-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi.







Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.
O’tgan haftada amalga oshirilgan:
➖tadbirlar va kasbiy rivojlanish o’quv treninglari;
➖“Ustozlar forumi” ning ikkinchi bosqichi;
➖hududlardagi o’rganish hamda muhim e’lonlar — hafta DAYJESTida.
⏳ 10— 17-AVGUST, 2025-yil
Uychi tumanida oʻquvchilarga maktab formalari topshirildi
Tumandagi mavjud 46 ta umumta’lim maktabida 42 mingdan ortiq oʻquvchi ta’lim olmoqda. Ularning bilim olishga intilishini qoʻllab-quvvatlash, yangi oʻquv yilini xursandchilik bilan boshlashini ta’minlash maqsadida tumanda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tuman hokimligida 185 nafar oʻquvchiga maktab formasi topshirildi. Tuman hokimi Shuhrat Musaev oʻquvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularga yangi oʻquv yilida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur tashabbus maktab mavsumi boshlanguniga qadar davom ettirilib, jami 400 nafardan ortiq bolajon yangi oʻquv yilini quvonch va shodlik bilan kutib olishi uchun zarur kiyim-boshlar bilan ta’minlanadi.
Bu kabi amaliy ishlar va tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan doimiy e’tibor va gʻamxoʻrlikning yana bir yorqin ifodasidir.




Uychi tumani hokimligi Axborot xizmati.
Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
➖ Viloyat hokimligi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari, umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda yil davomida qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘i A’zamjon Isakov, o‘rinbosarlar, boshqarmaning barcha bo‘lim boshliqlari, viloyat hamda respublikadagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
◀️ Jarayonda o‘quvchi – yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar borasida to‘liq ma’lumot berildi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda savollarga amaliy javoblar olindi.
💬 Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 337 547 nafar o‘g‘il – qiz qamrab olindi. Joriy yil 62 mingdan ziyod o‘quvchi 1 – sinfga boradi, 5 million 749 ming 984 dona darsliklar, mashq daftarlari va metodik qo‘llanmalar maktablarga yetkaziladi. Shuningdek, har bir tumanda bittadan jami 14 ta “Jasorat maktablari” tashkil etildi.
✔️ Matbuot anjumani ta’lim sohasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga dolzarb masalalar yuzasidan bevosita ma’lumot yetkazish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Namanganda bo‘ldi
➖ Mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, uning samaradorligi va sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon, avvalo, o‘quv maskanlarida yaratilayotgan qulay sharoitlar va zamonaviy infratuzilmaga bevosita bog‘liq. Shu bois ta’lim sohasidagi bunyodkorlik va islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.
◀️ Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namanganga tashrif buyurib, bir qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.
✔️ Vazir dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan, o‘qituvchilar malakasini oshirish, innovatsion ta’lim metodlarini amaliyotga keng tatbiq etishda muhim maskan bo‘lib xizmat qiluvchi Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
✍️ Shuningdek, tumandagi 84-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Namangan tumanida 1975-yilda tashkil etilgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rnida esa 320 o‘rinli yangi bino barpo etish taklifi bildirilgani va uni 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🤔 Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabi ham vazir e’tiborida bo‘ldi. 2135 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ushbu muassasa sobiq bitiruvchisi homiyligida kapital ta’mirdan chiqarilmoqda. Qisqa muddat ichida zamonaviy qiyofa kasb etgan maskanda tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuqori baholandi.
🔗 Tashrif davomida vazir Uychi tumanidagi 17- hamda Kosonsoy tumanidagi 3-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga ishlarni sifatli bajarish, belgilangan muddatda yakunlash va ta’lim muassasalarini foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati