Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Namanganda bo‘ldi
➖ Mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, uning samaradorligi va sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon, avvalo, o‘quv maskanlarida yaratilayotgan qulay sharoitlar va zamonaviy infratuzilmaga bevosita bog‘liq. Shu bois ta’lim sohasidagi bunyodkorlik va islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.
◀️ Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namanganga tashrif buyurib, bir qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.
✔️ Vazir dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan, o‘qituvchilar malakasini oshirish, innovatsion ta’lim metodlarini amaliyotga keng tatbiq etishda muhim maskan bo‘lib xizmat qiluvchi Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
✍️ Shuningdek, tumandagi 84-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Namangan tumanida 1975-yilda tashkil etilgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rnida esa 320 o‘rinli yangi bino barpo etish taklifi bildirilgani va uni 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🤔 Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabi ham vazir e’tiborida bo‘ldi. 2135 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ushbu muassasa sobiq bitiruvchisi homiyligida kapital ta’mirdan chiqarilmoqda. Qisqa muddat ichida zamonaviy qiyofa kasb etgan maskanda tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuqori baholandi.
🔗 Tashrif davomida vazir Uychi tumanidagi 17- hamda Kosonsoy tumanidagi 3-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga ishlarni sifatli bajarish, belgilangan muddatda yakunlash va ta’lim muassasalarini foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
Bugun viloyat hokimligi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari, umumta’lim maktablarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda yil davomida qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda boshqarma boshligʻi A’zamjon Isakov, oʻrinbosarlar, boshqarmaning barcha boʻlim boshliqlari, viloyat hamda respublikadagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
Jarayonda oʻquvchi – yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar borasida toʻliq ma’lumot berildi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda savollarga amaliy javoblar olindi.
Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 337 547 nafar oʻgʻil – qiz qamrab olindi. Joriy yil 62 mingdan ziyod oʻquvchi 1 – sinfga boradi, 5 million 749 ming 984 dona darsliklar, mashq daftarlari va metodik qoʻllanmalar maktablarga etkaziladi. Shuningdek, har bir tumanda bittadan jami 14 ta “Jasorat maktablari” tashkil etildi.
Matbuot anjumani ta’lim sohasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga dolzarb masalalar yuzasidan bevosita ma’lumot etkazish yoʻlida yana bir muhim qadam boʻldi.

Yangi Namanganda yangi maktab-bogʻcha faoliyat yuritmoqda
Yangi Namangan tumanida zamonaviy “Steam Plaza-2” xususiy maktab-bogʻcha ishga tushirildi. Mazkur ta’lim muassasasi faoliyatga kirishi natijasida 30 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Muassasada 150 nafar kichkintoylar bogʻchaga, 140 nafar oʻquvchi esa maktabga qamrab olingan. Ta’lim jarayoni zamonaviy oʻquv metodlari asosida, qulay va keng imkoniyatlarga ega sinfxonalarda tashkil etilgan. Shuningdek, bolalarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus STEAM dasturlari joriy etilgan.
Tuman hokimi yangi muassasada boʻlib, yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida u bu kabi xususiy sektordagi loyihalar ta’lim sifati oshishi va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO MATEMATIKA MUSOBAQASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
➖ Joriy yilning 14-19 – avgust kunlari Vetnamning Da Nang shahrida Xalqaro Matematika musobaqasi (IMC 2025) oʻtkaziladi. Mazkur nufuzli musobaqada 31 ta mamlakatning eng iqtidorli o‘quvchilari bellashadi.
◀️ Quvoarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Namangan shahridagi Prezident maktabining 5 – sinf oʻquvchisi Yahyobek Rasuljonov ham ishtirok etib, yurt sha’nini himoya qiladi.
✔️ Ta’kidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu bellashuv mintaqaviy olimpiadalar sirasiga kiritilib, g’oliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
✍️ Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi barcha oʻquvchi-yoshlarimizga ulkan g‘alabalar va yorqin natijalar tilaydi!

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Joriy yil 15-avgust kunidan boshlab:
➖ 2025-2026-oʻquv yilida 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan maktablarda mavjud boʻsh oʻrinlar boʻyicha chegaradosh hududlardan elektron qabul jarayoni amalga oshirish boshlandi.
➖ Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi orqali yuborish mumkin.
👉 Elektron qabul jarayonlariga doir savollarga 71-203-07-04, 71-203-04-03 telefon raqamlari yoki @mymaktab_uz manzili orqali javob olishingiz mumkin.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ta’lim muassasalarida ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Namanganda “Quvnoq startlar” sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar!
📊 Namangan viloyati hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 15-avgust kuni soat 14:30 da matbuot anjumani tashkil etiladi.
✔️ Mavzu: Ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari;
✔️ Umumta’lim maktablarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik va yil davomida qilinadigan ishlar rejasi.
📍 Manzil: Davlatobod tumani, “Atour” mehmonxonasi.
◀️Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni taklif etamiz.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
To‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” qatnashchisi Alisher Abdurashidov forum haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati