➖ “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida, B.A Holding ta’sischisi va bosh direktori Gulbahor Tojimirzayeva o‘zi ta’lim olgan Namangan shahridagi 66-maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi.
✔️ Muloqotda tadbirkor metallurgiya va ishlab chiqarish sohalaridagi tajribasini o‘rtoqlashdi. Shuningdek, B.A Holding tarkibidagi 15 dan ortiq korxonalar — metallurgiya, to‘qimachilik, logistika, qurilish, qishloq xo‘jaligi va savdo yo‘nalishlaridagi faoliyat haqida ma’lumot berildi.
✍️ Shuningdek, jarayonda Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Boboyev tomonidan muhim tashabbus ilgari surildi. Unga ko‘ra, aynan mazkur ilm – maskanida o‘quvchi – yoshlar uchun xitoy va koreys tillarini bepul o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil etilishi hamda bu kurslar bilan bog‘liq xarajatlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan to‘liq qoplanishi ma’lum qilindi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati