Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov bugun Namangan shahridagi 15 –maktabda bo‘lib, malaka attestatsiya jarayonlari bilan tanishdi. O‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtihon zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlangan zalda onlayn tarzda o‘tayotgani ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlash joizki, viloyat bo‘yicha 10902 nafar o‘qituvchi malaka test sinovlaridan o‘tishi rejalashtirilgan. Talabgorlarning 6658 nafari oliy va birinchi malaka toifalariga, 4264 nafari esa mutaxassis malaka toifasidan ikkinchi malaka toifasiga oshirish istagini bildirgan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati



