Kelajagimiz egalarining sihat-slomatligi, ularning har jihatdan sog‘lom va yetuk kamol topishi har narsadan muhim. Bu mezon kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarida ham yanada muhim ahamiyat kasb etadiki, qishki mavsumni betalofat o‘tkazish, ijtimoiy soha ob’yektlari, xususan, umumta’lim maktablarini mavsumga namunali tayyorlash hamda isitish tizimlarining uzluksiz va to‘laqonli ishlashi o‘quvchi-yoshlar va ustoz-muallimlar salomatligini asrash barobarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etishni kafolatlaydi. Viloyat maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov Namangan shahridagi 20 -, Davlatobod tumanidagi 52- va 78 – umumta’lim maktablarida bo‘lib, qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Isitish qozonlari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.







Boshqarma Axborot xizmati