🤔Eng katta investisiya ta’limga kiritilgan investisiyadir. Namanganda buni qalban chuqur his qiladigan homiylar, tashabbuskor tadbirkorlar bisyor. 490 nafar o‘quvchi tahsil oldadigan tumandagi 65 – umumta’lim maktabiga mahalliy sahovatpesha tadbirkorlar tomonidan 41X23 o‘lchamdagi zamonaviy, usti ochiq mini stadion qurib berilmoqda. Qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov, Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanovlar ilm maskanida bo‘ldi. Olib borilayotgan jarayon ko‘zdan kechirilib, mutasaddi rahbarlar taklif – tavsiyalarini berdilar
Mazkur tashabbus ta’lim-tarbiya jarayonlarining muvaffaqiyatli tashkil etilib, ertamiz egalarining ilm-fan sirlarini mukammal o‘rganishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati