Davlatobod tumanidagi 82-maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi tadbirlar yuqori ruh va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
Tadbir doirasida oʻquvchilar oʻrtasida futbol, voleybol, stol tennisi, kurash, karate, shaxmat va shashka kabi sport musobaqalari oʻtkazildi. Shuningdek, rasm chizish, kashtachilik va kitobxonlik kabi ijodiy yoʻnalishlarda faol maydonlar tashkil etilib, oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish, sogʻlom va barkamol shaxs qilib tarbiyalash hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
@bizningnamangan