Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablarida targ’ibot ishlari olib borildi.
Unda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga yoʻl qoidalari turli oʻyinlar tarzida oʻrgatilib, ularning bu boradagi bilimlari ham sinovdan oʻtkazildi.
Shuningdek, yuqori sinf oʻquvchilari bilan ham uchrashuv tashkil etilib, unda voyaga yetmagan shaxslarning avtomashina boshqarishi ortidan kelib chiqayotgan ayanchli hodisalar toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi. Barcha oʻquvchilar qat’iy ogohlantirilib, avtomashina boshqarish uchun avval haydovchilik guvohnomasi olish lozimligi tushuntirildi.










Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati (https://t.me/namyhxb)