Kosonsoy tumani “Guzar” mahallasida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bogʻcha yoshidagi bolalar soni yildan yilga ortib, yangi binoga ehtiyoj tugʻildi.
Bunda esa “Tashabbusli byudjet” dasturi qoʻl keldi. Ta’lim muassasasi jamoasi hamda mahalla aholisi faolligi hisobiga “Tashabbusli byudjet” doirasida oʻtkazilgan tanlovda gʻolib, deb topilib, 1,3 mlrd. soʻm mablagʻ qoʻlga kiritildi. Natijada 100 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilmoqda.





Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.