⚡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul boshlandi!
O‘zbekistonning eng iqtidorli o‘quvchilari uchun — 2 yil davomida xalqaro darajadagi bepul tayyorgarlik, mentorlik va grantga yo‘llanma.
Mazkur dastur orqali siz:
✅ xalqaro testlar (SAT, IELTS),
✅ olimpiadalar,
✅ grantlar,
✅ eng nufuzli universitetlar yo‘lida professional tayyorgarlikdan o‘tishingiz mumkin.
📚 Kimlar ishtirok eta oladi?
2024/2025 o‘quv yili yakunida 9-sinfni tamomlagan iqtidorli o‘quvchilar.
📆 Arizalar 9-iyuldan 31-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi:
👉 ariza.piima.uz
👉 my.gov.uz
📚 Saralash quyidagilardan iborat:
1️⃣ Matematika va ingliz tilidan 40 tadan test – 80 ballgacha
2️⃣ Nomzodning fan olimpiadalaridagi natijalari – 20 ballgacha
🎯 Maqsad:
Saralangan 1500 nafar o’quvchini Garvard, MIT, Oxford kabi universitetlarga tayyorlash
📞 Savollar bo‘yicha:
🤖 @Piftuzbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
🎯 Kelajak sizdan boshlanadi. O‘z imkoniyatingizni boy bermang!
Bugunoq ariza topshiring!
