✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab, yil davomida har oy viloyatlar ketma-ketligida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda. 2025-yil 30-may kuni “Kitobxonlik festivali” Namangan viloyatida bo‘lib o‘tadi.
📚 Festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
▶️ “Eng kitobxon maktab”
▶️ “Eng faol kitobxon o’qituvchi”
▶️ “Ijodkor bolalar”
▶️ “Eng faol kutubxonachi”
▶️ “Eng faol kitobxon o’quvchi”
▶️ “Eng kitobxon oila”
☝️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni 30-may kuni “Kitobxonlik festivali” ga chorlab qolamiz!
🏆 Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi!
📍 Bolalar kutubxonasi manzili (https://maps.google.com/maps?q=41.001230,71.668076&ll=41.001230,71.668076&z=16) 🗺

Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati