Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida dolzarb vazifalar muhokama etilgan edi.
Unda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hududlarda boʻlib, umumta’lim maktablarida oʻrganish olib bormoqda.
Xususan, viloyat rahbari bugun Kosonsoy tumanidagi joriy ta’mirga muhtoj 16, 14, 15, 23-sonli umumta’lim maktablarida boʻlib, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasi holatini koʻzdan kechirdi. Mazkur maktablarda zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Shuningdek, viloyat hokimi maktablarning pedagogik jamoasi bilan muloqot qilib, ularing ta’lim sifatini koʻtarish boʻyicha taklif va muamolarini tingladi.









