Oʻrganish doirasida “Namuna” mahallasida olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi.
Ayniqsa, mazkur mahallada joylashgan 41-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishildi. Ushbu ta’lim maskani 2024 yil “Tashabbusli byudjet” dasturining 2-mavsumida ishtirok etib, 1 milliard 300 million soʻm mablagʻ yutib oldi va zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha shart-sharoitlarga ega boʻlgan sport zali barpo etildi.
Yangi sport zal maktab oʻquvchilari uchun sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanish hamda tuman miqyosidagi sport tadbirlarini yuqori darajada tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimi olib borilayotgan ishlar doirasida aholi, ota-onalar hamda maktab jamoasi bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.





