O‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat bilan qarash, urf-odat va an’analarga sodiq qolish har bir o‘zbek farzandining oldiga qo‘ygan burchi, ona yurti oldidagi vazifasi hamdir. Bugun ilm maskanlari o‘quvchilari orasida milliy libosimizga bo‘lgan qiziqish hamda hurmat kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa ularning ozod va obod yurtimizni sevishga, unga sodiq qolishga, yuragining tubida vatanparvarlik tuyg‘usini chuqur ildiz otishiga zamin yaratmoqda. Uychi tumanidagi ta’lim dargohlarida dars jarayonlari o‘g‘il-qizlarning do‘ppi, atlas va adrasdagi ishtiroki bilan yanada mazmun kasb etgan bo‘lib, istiqbolimiz egalarining tarixni puxta o‘zlashtirish, ajdodlarimiz merosini ulug‘lash hamda uni kelajak avlodga munosib yetkazishda ustuvorlik kasb etmoqda.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati