➖ Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2025-yil 15-mayda PF-86-son Farmoni imzolandi.
✔️ Unga ko’ra, O‘zbekiston bo‘ylab saralangan 1500 nafar eng iqtidorli 9-sinf bitiruvchilari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi orqali jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalariga tayyorlanadi.
Bugun Namangan davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litsey hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi binolarida mazkur milliy dasturga qabul imtihonlari tashkil etilib, unda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 2654 nafar 9 – sinf bitiruvchilari qatnashmoqda.
◀️ Ishtirokchilar matematika va ingliz tili fanlaridan 40 tadan savol (jami 80 ball) yechishlari lozim bo’lib, olimpiada g‘oliblariga 20 ballgacha qo‘shimcha ball, Ijtimoiy himoya yagona reestri va Kambag‘al oilalar reestri a’zolari farzandlariga esa 10 ball imtiyoz beriladi.
💬 Ta’kidlash joiz, dastur doirasida 40 nafar muvaffaqiyatli ishtirokchi AQShning eng nufuzli 8 universitetini birlashtirgan “Ivy League” uyushmasi yozgi maktablarida qatnashadi. Agar ishtirokchi TOP-100 universitetdan biriga 50 foizlik grant bilan qabul qilinsa, qolgan kontrakt summasi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati