➖ Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Appakov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyoviddin Mansurov, shuningdek, mahalla nuroniylari, tumandagi maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
✔️ Seminar davomida mehmonlar maktab o‘quvchilarining ijodiy va sport yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, “Iqtidor maktab ansambli” a’zolari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari, kitobxonlik mashg‘ulotlari, fanlar kesimidagi to‘garaklar hamda yosh rassomlarning ijodiy ishlari namoyish etildi. O‘quvchilarning sport bo‘yicha erishgan yutuqlari ham alohida e’tirof etildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlarga maktabning 1024 nafar o‘quvchisi qamrab olingan bo‘lib, ular 20 dan ortiq to‘garak faoliyatida muntazam qatnashib kelmoqda.
💬 So‘zga chiqqanlar yoshlar tarbiyasida ma’naviyat va ma’rifatning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, bugungi kunda o‘g’il – qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali ularning kelajakda yetuk mutaxassis, fidoyi va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishishlariga ishonch bildirildi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati