Bugun maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan kuz – qish mavsumida viloyatdagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig’ining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Isayev, boshqarmaning barcha bo‘lim boshliqlari, viloyat hamda respublikadagi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.