➖ Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchilari jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu yutuq natijasida ular 500 million so‘m miqdoridagi vaucher hamda Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohati imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
◀️ Bugun mazkur muvaffaqiyat egalari tantanali kutib olindi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i A’zamjon Isakov, uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
✔️ Boshqarma boshlig’i viloyat sharafini yuksak darajada himoya qilgan iqtidorli yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusidagi ta’lim yo‘lidagi sa’y-harakatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.




Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati