✅ Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasini O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medal bilan yakunladi.
📍O‘tkazilgan joyi: 14-19-mart, Adigeya Respublikasi
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 20 ga yaqin
✅Yevropa qizlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medal sohibi bo‘ldi.
📍O‘tkazilgan joyi: 11-17-aprel, Kosova
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 55 ta
✅ Xalqaro robototexnika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
📍O‘tkazilgan joyi: 15-20-aprel, Turkiya
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 20 ga yaqin
✅ II Xalqaro Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medalga ega bo‘ldi.
📍O‘tkazilgan joyi: 21-25-aprel, Turkmaniston
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 15 ga yaqin
✅ Bolqon Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush medal sohibi bo‘ldi.
📍O‘tkazilgan joyi: 25-30-aprel, Bosniya va Gersogovinya
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 30 ga yaqin
✅ Osiyo Fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
📍O‘tkazilgan joyi: 4-12 may, Saudiya Arabistoni
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 27 ta
✅ Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) da O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta kumush medal, 6 ta kubokni qo‘lga kiritdi.
📍O‘tkazilgan joyi: 8-12 may, Iordaniya
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 30 ga yaqin
✅ Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 13 ta kumush va 30 ta bronza medal oldi.
📍O‘tkazilgan joyi: 8-12 may, O‘zbekiston
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 9 ta
✅ 59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo’lga kiritdi.
📍O‘tkazilgan joyi: 5-13 may, Braziliya
🌐 Ishtirokchi davlatlar soni: 40 ta
➖ Eslatib o’tamiz, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.