Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari Abdukamol Mamadaliyev, G’abit Kulnazarov hamda boshqarma boshlig’i A’zamjon Isakovlar Namangan shahridagi 75-, Uychi tumanidagi 27-, 39 – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilar davomati, ularning darslardagi ishtiroki, yaratilgan moddiy – texnik baza, kadrlar salohiyati masalalarini ko‘zdan kechirdilar. Joylarda ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. O‘quvchi-yoshlar va ustoz-muallimlar bilan yoshlar istiqboli hamda soha faoliyatidagi yangilanishlar xususida muloqot qilindi. Bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib kasb tanlash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada taklif va tavsiyalar berildi.







Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati