O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni bilan tasdiqlangan nizomga asosan, Namangan viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tanlov komissiyalari a’zolari uchun malaka oshirish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Tasdiqlangan reja-jadval asosida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi komissiya a’zolari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida tanlovlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘tkazish tartibi, komissiyalarning yangi tarkibini shakllantirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimlari uchun malaka talablari va ularni elektron platformaga kiritish bo‘yicha batafsil ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savol va takliflari tinglanib, mas’ul mutaxassislar tomonidan zaruriy huquqiy tushuntirishlar berildi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati