➖ Joriy yilning 14-19 – avgust kunlari Vetnamning Da Nang shahrida Xalqaro Matematika musobaqasi (IMC 2025) oʻtkaziladi. Mazkur nufuzli musobaqada 31 ta mamlakatning eng iqtidorli o‘quvchilari bellashadi.
◀️ Quvoarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Namangan shahridagi Prezident maktabining 5 – sinf oʻquvchisi Yahyobek Rasuljonov ham ishtirok etib, yurt sha’nini himoya qiladi.
✔️ Ta’kidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu bellashuv mintaqaviy olimpiadalar sirasiga kiritilib, g’oliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
✍️ Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi barcha oʻquvchi-yoshlarimizga ulkan g‘alabalar va yorqin natijalar tilaydi!


Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati