✅ Xabar berganimizdek, (https://t.me/pka_tdi_uz/9100) malaka sinovlari avval e’lon qilingan manzillarda (https://t.me/pka_tdi_uz/9099) real vaqt rejimida barcha oʻquv fanlari boʻyicha test (shu jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
Test jarayonlarida ishtirok etishdan oldin yuqoridagi video- rolikni koʻrib chiqishni astoydil tavsiya qilamiz.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestasiyaning
birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan) ta test topshirigʻi beriladi.
Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.
ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi
Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlariga 120 daqiqa, qolgan fan yoki (lavozim)larga 90 daqiqa vaqt ajratish rejalashtirilmoqda
- 2025 yil yanvar-iyun oylari attestasiyaga tayyorlanish uchun tavsiya etilagan adabiyotlar roʻyxati e’lon qilinganmi? – toʻliq javob 👉 https://t.me/pka_tdi_uz/8682
- 2025 yil yanvar-iyun oylari attestasiyasi nazorat material (toifa testlari) ning spesifikasiyasi e’lon qilinganmi? – toʻliq javob 👉 https://t.me/pka_tdi_uz/8682
- Bahorgi attestasiyaning ikkinchi bosqichiga tayyorlanish uchun pedagogik mahorat (10 ta savol) boʻyicha adabiyotlar roʻyxati tsdiqlanganmi? – toʻliq javob 👉 https://t.me/pka_tdi_uz/8641
- Bahorgi attestasiyaning birinchi bosqichidagi kasbiy standart (5 ta savol) boʻyicha tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati bormi? – toʻliq javob 👉 https://t.me/pka_tdi_uz/8680
- PKA-2025 bahorgi attesttasiya toifa testlari qaerda oʻtkaziladi? toʻliq javob 👉 https://t.me/pka_tdi_uz/9099
- PKA-2025 bahorgi attesttasiya toifa testlari qachon oʻtkaziladi? toʻliq javob 👉 https://t.me/pka_tdi_uz/9100