O‘quvchi-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularni tanlagan fanlar bo‘yicha chuqur bilim olishga yo‘naltirish, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kelajagimiz egalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida viloyat hokimi sovrini uchun “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” bilim va ma’rifat tanlovi o‘tkaziladi.
🧠 Tanlov matematika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib, quyidagi 3 bosqichda tashkil etiladi:
📌 Maktab bosqichi: 2025-yil 10-iyul
📌 Tuman (shahar) bosqichi: 2025-yil 17-iyul
📌 Viloyat bosqichi: 2025-yil 24-iyul
🎯 Bilimlar sinovida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
📝 Ishtirok etishni istagan o‘quvchilar o‘z maktablari ma’muriyatiga murojaat qilishlari so‘raladi.
🏆 G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📚 Bilimingizni sinang, iste’dodingizni namoyon eting!
Kelajak bunyodkorlari safida bo‘ling!
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati