Joriy yilning 11–15-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida sportning Universal jang turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Osiyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardilar.
🏅Yangi Namangan tumani 57-maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiy Imomaliev Jahongirmirzo chempionatda ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Xalqaro sport ustasi (XSU) unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek
Muhiddinov Ulug‘bek — Yangi Namangan tumani 57-maktab, 18+ yosh, 80 kg vazn toifasida – 🥉 3-o‘rin
Abdullayev Nurmuhammad — Uychi tumani 27-maktab, 6-sinf o‘quvchisi, 12–13 yosh, 30 kg – 🥇 1-o‘rin
Burhonov Muhammadnizo — Davlatobod tumani 58-maktab, 4-sinf, 10–11 yosh, 35 kg – 🥉 3-o‘rin
Abduazizov Rahmatullo — Namangan shahar 14-maktab, 5-sinf, 10–11 yosh, 30 kg – 🥉 3-o‘rin
Abduvahobov Alisher — Davlatobod tumani I.Z.B. maktabi, 5-sinf, 12–13 yosh, 40 kg – 🥉 3-o‘rin
Olimov Temur — Davlatobod tumani I.Z.B. maktabi, 3-sinf, 10–11 yosh, 50+ kg – 🥇 1-o‘rin
🇺🇿Ushbu sportchilar o‘z mahorati va matonati bilan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi va O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib vatanimizga qaytishdi.









Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati