1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Pop tumanidagi “Oq saroy” tantanalar majmuasida ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, izlanuvchan va tashabbuskor pedagoglar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
◀️ Mazkur kechada tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli muassasalarda faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ustozlik kasbining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, barcha fidoyi pedagoglarni samimiy muborakbod etdilar.
✔️ Shu kuni o‘quvchi va jamiyat tarbiyasida alohida ibrat bo‘layotgan bir guruh ilg‘or pedagoglar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✍️ Bayram dasturida kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar va samimiy suhbatlar ustozlarning kayfiyatini yanada ko‘tarinki qildi. Marosim haqiqiy ehtirom, mehr va minnatdorlik ruhi bilan o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
