🔗 Mazkur bellashuvda tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Mental arifmetika” to‘garak a’zolari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
✍️ Aqliy salohiyat, tezkor fikrlash va aniqlik mezonlariga asoslangan tanlov murosasiz va qizg‘in ruhda kechdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Norin tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Asilbek Abdujalilov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda tanlovning mamlakat bosqichida viloyat sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.
◀️ G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.










Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati