✍️ Shu munosabat bilan boshqarma boshlig‘i A’zamjon Isakov Namangan tumanidagi 21-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida maktab kutubxonasi, o‘quv xonalari, sinf jihozlari va obodonlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
🔼Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash maqsadida maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, o‘quvchilarga qulay muhit yaratish, ta’lim sifatini oshirish, darsliklar bilan ta’minot, sanitariya holati va boshqa masalalar yuzasidan muhim topshiriqlar berildi.





Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati